1

Vagon pechkasi ostiga nima yashirilgan edi?

Jinoyat 04.11.2019, 15:28
Vagon pechkasi ostiga nima yashirilgan edi?

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro J.V.ning yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.

Natijada, ushbu fuqaro bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytmasdan hamda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatmasdan poezd vagonining tepa qismi(plafon)ga, shuningdek, vagon pechkasining pastki qismida yog`ochlar ostiga xufyona tarzda yashirgan holda, umumiy qiymati 33 million so`mlik 66 litr viskilarni tijorat maqsadida olib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha bojxona surishtiruvi ishlari amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1