AsosiyJamiyat

Internetda tarqalgan Sergelidagi YTHga oydinlik kiritildi

'Internetda tarqalgan Sergelidagi YTHga oydinlik kiritildi'ning rasmi

 

Internet tarmog`ida 1 noyabr kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi tushirilgan video tarqaldi. Ushbu hodisaga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi oydinlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu hodisa taxminan soat 11.00 da Sergeli tumani 6- mavzeda, Toshkent xalqa avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 42 yoshli Dilshod X. piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 27 yoshli Saltanat S. tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun murojaat qilishgan.
Hozirda YTH sababi aniqlashtirilmoqda va tergov oldi tekshiruvi o`tkazilmoqda.

“Hurmatli haydovchi va piyodalar, yo`l harakati qoidalariga rioya qiling, yo`llarda e`tiborli va ehtiyot bo`ling. O`z sog`lig`ingiz va hayotingizni ehtiyot qiling”, — deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar IIBB.

Boshqa yangiliklar