1

Plastik kartangiz ma`lumotlarini hech kimga bermang, aks holda...

Jinoyat 04.11.2019, 17:52
Plastik kartangiz ma`lumotlarini hech kimga bermang, aks holda...

Toshkent shahar IIBB rasmiy xabar berishicha, 3-noyabr kuni Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 17-oktyabr kuni taxminan soat 16.30 da 18 yoshli Asadbek T., 17 yoshli Eldorbek S. va 17 yoshli Shoxruxbek K.lar internet savdo maydonlaridan birida o`z mobil telefonini sotuvga qo`ygan 50 yoshli Muattar A. bilan telefon orqali bog`lanishgan. Yigitlar ayolni telefonini xarid qilishlariga va pulni plastik kartasiga ko`chirishlariga ishontirishgan. Buning uchun ular Muattar A.dan karta raqami va tasdiqlovchi kodni so`rashgan. Ularga ishongan ayol barcha ma`lumotlar etkazgan. Bundan foydalangan yoshlar Muattar A.ning kartasidan 427 125 so`m ko`chirib olib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Plastik kartangiz ma`lumotlari va kodlarini notanish kimsalarga ma`lum qilmang. Ogoh bo`ling! G`arazgo`ylar ishonchingizdan foydalanib qolishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1