1

Fitnes markazda pul o`g`irlanmoqda

Jinoyat 05.11.2019, 09:58
Teglar: Fitnes
Fitnes markazda pul o`g`irlanmoqda

Poytaxtda fitnes-markaz qatnashchisidan pul o`g`irlaganlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi

Aniqlanishicha, 1-noyabr kuni soat 18.30 da Shayxontoxur tumanida 34 yoshli Jonibek S. fitnes-klublardan birining kiyinish xonasida bo`la turib, 36 yoshli Bexzod R.ga tegishli barsetkadan 4100 AQSh dollari va 1.100.000 so`m o`g`irlagan va voqea joyidan yashiringan. 

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi — “O`g`rilik” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1