AsosiyJinoyat

17 yoshli yigit Rossiyadan universal pult olib keltirib, mashinalarni bemalol “tunadi”

'17 yoshli yigit Rossiyadan universal pult olib keltirib, mashinalarni bemalol “tunadi”'ning rasmi

Hali o`n sakkizga ham kirib ulgurmagan kollej o`quvchisi Zokir hammaning ham hayoliga kelmagan “ajoyib reja“ tuzadi. U Rossiya Federasiyasida bo`lgan tanishiga avtomashinalar eshigini ochish uchun universal pult “buyurtma“ beradi.

Buyurtmasi etib kelgach, o`ziga Anvarni sherik qilib, shifoxona oldida qarovsiz qoldirilgan Ahmad ismli shaxsga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinani o`zidagi universal pult orqali ochib, salondan videoregistrator va ichida puli va qimmatbaho buyumlari bo`lgan erkaklar sumkasi, fuqarolik pasportini qo`lga kiritadi.

Pul va qimmatbaho buyumlarni o`zlarida olib qolib, Ahmadning fuqarolik pasportini yo`l chetiga tashlab yuboradi.

Shundan so`ng, Zokir dastlabki rejasi oson amalga oshganidan suyunib, bu safar bir o`zi “ov“ ga chiqadi. Uning keyingi “o`lja“ si oshxona oldida qarovsiz qoldirilgan Shokir ismli fuqaroga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina bo`ladi. Ushbu avtomashinani ham universal pulti orqali ochib, avtomashina salonida bo`lgan Shokirga tegishli 17.000.000 so`m pul mablag`larini qo`lga kiritib, ushbu pullarni ham ehtiyojlari yo`lida sarflab yuboradi. 

Zokirdagi universal pult faqatgina “Magicar” rusumli avtomashina qulflarini ochishga ixtisoslashtirilgan bo`lganligi uchun, bundan qanoat qilmagan Zokir undanda yaxshiroq, chet el avtomashinalarini ham ochishga yaraydigan pult qidirib, Rossiya Federasiyasidagi tanishiga “buyurtma“ berishga ham ulguradi.

Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida Zokirning jinoiy harakatlariga chek qo`yildi.

Jinoyatchi ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudi tomonidan voyaga etmagan Zokir va Anvarlarga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Ma`lum qilinishicha, Sud sudlanuvchi Zokirning voyaga etmaganligini, muqaddam sudlanmaganligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchilarga etkazilgan zarar to`liq qoplanganligini inobatga olib shartli hukm qilishni lozim topdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar