AsosiyJamiyat

2015 yilda Toshkent shahrida yo`lkira haqi ko`tarilmaydi

Bu haqda 13 yanvar kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasining yil yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumanida qayd etildi.

Hozirgi kunda «Toshshahartransxizmat» AK korxonalarida 1411 ta avtobus, , 89 ta tramvay vagonlari va 198 ta metro vagonlari aholiga xizmat qilmoqda. 2014 yilda 309 milliondan ortiq yo`lovchilar tashildi va 224 mlrd so`m miqdorida daromad olindi.

Anjumanda "Toshshahartransxizmat" AK boshqarma boshlig`i O.X. Sodiqov 2015 yilda yo`lovchilarni tashish bo`yicha tarif, ya`ni yo`lkira narxlari ko`tarilmasligini ma`lum qildi. Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig`i O.N. Hudoyqulov 1 apreldan yangi ko`rinishdagi metro poezdlari foydalanishga topshirilishini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar