AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari agentligi jahonning eng ilg`or 10 talik davlatlar ro`yxatiga kiritildi

'Davlat xizmatlari agentligi jahonning eng ilg`or 10 talik davlatlar ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish bo`yicha yagona vakolatli organ hisoblanadi.

Agentlik tashkil etilganligining 2 yilligi arafasida Jahon banki tomondan e`lon qilingan “Biznes yuritish–2020” yillik hisobot natijalari agentlik uchun chinakam tuhfa bo`ldi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga ko`rsatilayotgan xizmat samaradorligi tahlili natijasida mamlakatimiz yillik hisobotning “Biznesni ro`yxatdan o`tkazish” ko`rsatgichi bo`yicha 12-o`rindan 8-o`ringa ko`tarildi. Ya`ni, O`zbekiston tarixda birinchi marotaba ushbu sohadagi eng ilg`or 10 talik davlatlar ro`yxatiga kiritildi.

Albatta, erishilgan yutuq tizimdagi kelgusi istiqbolli harakatlar uchun turtki bo`ladi.

Xatolarimizni anglash uchun mamlakatmiz soha mutaxassislari tomonidan “Biznesni ro`yxatdan o`tkazish“ ko`rsatkichi bo`yicha etakchi o`rinlarni egallagan Yangi Zelandiya, Gruziya, Kanada, Singapur kabi mamlakatlar tajribasini tahlil qilindi. 

Tahlil natijalarida O`zbekistonda biznesni boshlash jarayonini takomillashtirish uchun bir necha muhim va yuksak innovasiyalarni joriy etish zarurligi qayd etildi.

Shu jumladan:

– davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayoni bilan bir vaqtning o`zida QQS to`lovchisi sifatida ixtiyoriy ro`yxatdan o`tish tartibini belgilash;

– imzolar namunalarini tayyorlash jarayonini soddalashtiradigan tartibni ishlab chiqish;

– biznes boshlash istagida bo`lgan tashkilotning xodimlar shtati shakllantirilgan bo`lsa, tadbirkorlik sub`ektini ro`yxatdan o`tkazish jarayoni bilan bir vaqtda xodimlarning Pensiya jamg`armasida ro`yxatdan o`tishi imkonini yaratish;

– ro`yxatdan o`tish jarayonining o`zida elektron ariza berish va tayyorligi to`g`risida onlayn xabarnoma yuborish orqali, muhr va shtamplarni tayyorlash uchun onlayn ravishda ariza berish imkonini yaratish;

– mobil ilova orqali biznesni ro`yxatdan o`tkazish imkoniyatini yaratish.

    Boshqa yangiliklar