1

Hech qaerda ishlamagan, ammo pensiya olayotgan ayolning "sir"ini turmush o`rtog`i fosh qildi

Jinoyat 05.11.2019, 16:57
Teglar: firibgar, jinoyat
Hech qaerda ishlamagan, ammo pensiya olayotgan ayolning "sir"ini turmush o`rtog`i fosh qildi

Pensiya jamg`armasiga Toshkent shahar, Mirobod tumanida yashovchi fuqaro B.B. tomonidan hech qanaqa rasman ishlamagan turmush o`rtog`i B.Fning hujjatlarni soxtalashtirib, katta miqdordagi pensiya olib kelayotganligi haqidagi ma`lumotlar haqida murojaati kelib tushadi. Bu haqda jamg`armaning  Matbuot xizmati darakchi.uz ga ma`lum qildi.

 Aniqlanishicha, haqiqatdan ham fuqaro B.F.ga 2008 yilning 7 avgustidan e`tiboran, taqdim qilgan hujjatlariga asosan 35 yillik ish staji hisobidan yoshga doir pensiya tayinlangan bo`lib, uning pensiya miqdori 2019 yilning 1 avgustidan 1,1 mln. so`mni tashkil qilgan.

Jamg`arma mutaxassislari tomonidan fuqaro B.F.ning taqdim qilgan pensiya hujjatlari bo`yicha Farg`ona viloyati Yozyovon tuman davlat arxivida saqlanayotgan Farg`ona viloyati “Qishloqxo`jalikkimyo” AJning 1975-1993 yillardagi ish stajlari hamda uning mazkur korxonadan 1982-1986 yillarda to`langan oylik ish haqlari to`g`risidagi ma`lumotlari shuningdek, 1993-2004 yillardagi mehnat faoliyati davrlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “SUNUR SERVIS” MChJ saqlovidagi buyruqlar kitobi hamda oylik maoshlar kitobidan solishtirib o`rganilgan. Fuqaro B.F.ning ismi-sharifi hamda unga tegishli ma`lumotlar ham o`z tasdig`ini topmaganligi natijasida, fuqaroga 71,9 mln. so`m miqdoridagi pensiya to`lovi amaldagi qonunchilikka zid ravishda to`langanligi aniqlandi hamda yoshga doir pensiya ishi o`rganish kunida rad etildi.

Hozirgi kunda, fuqaro B.F. tomonidan o`zlashtirilgan 71,9 mln. so`mdan 32,1 mln. so`mi Jamg`arma hisobiga fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda qaytarilgan bo`lib, o`tkazilgan o`rganishlar yuzasidan to`plangan tekshirish materiallari va hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim qilindi.

 

Sharhlar

Ayollarni kelin qilaman deb aldagan erkak 5 yilga qamaldi (Video)

27.10.2019, 21:02

Toshkentda 6 marta sudlangan shaxs yana jinoyatga qo`l urdi. U 2018 yilda Pensiya jamg`armasi bo`limidagi inspektor ayolga: «Sizni ukamga kelin qilmoqchiman, menga uzugingizning o`lchami kerak»...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1