AsosiyDunyo

Rossiya fuqaroligini oluvchilar soni har yili 15 foizga ko`paymoqda

'Rossiya fuqaroligini oluvchilar soni har yili 15 foizga ko`paymoqda'ning rasmi

Rossiya Federal Migrasiya xizmatining Tojikistondagi vakolatxonasi oldidagi uzundan uzun navbatlar Dushanbe aholisi uchun odatiy xolga aylanib bo`ldi. Bu erda Tojikiston fuqarolari Rossiyaga borish uchun ariza berishadi va suhbatdan o`tishadi. Bu O`zA xabar qilmoqda.

Shu yil boshidan beri Rossiya fuqaroligini olish va bu mamlakatda doimiy yashash uchun ko`chib ketish borasida 9 mingdan ortiq Tojikiston fuqarosi ariza berdi. Ularning hammasi oila a`zolari bilan birgalikda Rossiyaga ko`chib o`tishni istashadi.

Rossiyaga ko`chib ketish borasida ariza topshirgan har to`rt kishining bittasiga ko`chib o`tish uchun ruxsat beriladi, qolganlar esa dastur talablariga javob bera olmaydi: ya`ni ular etarlicha rus tilini bilishmaydi yoki oliy ta`lim olmagan va ish tajribasiga ega emas. Ayrimlarga boshqa sabablarga ko`ra rad javobi beriladi: ular shunchaki Rossiya fuqaroligini olmoqchi xolos, Rossiyada yashash va ishlamoqchi emas.

Rossiya FMXning Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Vyacheslav Markevichning aytishicha, “ko`pchilik fuqarolar ko`chib o`tish dasturi asosida Rossiya fuqaroligini olmoqchi. Ammo “Sootechestvenniki” (Vatandoshlar) dasturining maqsadi boshqa. Biz Rossiya pasportini olib Rossiyaga borib keladiganlarni emas, balki butunlay Rossiyaga ko`chib o`tib, u erda yashab va ishlaydigan odamlarni tanlab olamiz”, deydi Markevich.

Rossiya pasporti mehnat migrantlari uchun Rossiyada bo`lgan vaqtlarida patent olishda bir qator qiyinchiliklardan qutilib qolishlari va bir qator imtiyozlardan foydalanishlari uchun kerak bo`ladi. Shu bilan birga polisiya va migrasiya xizmati inspektorlari tomonidan bo`ladigan “kuzatuvlardan” va maosh olayotganidagi ta`qiblardan qutilib qolishda foyda beradi.

Ko`chib o`tish dasturi asosida Rossiyaga kelishni istovchilar soni har yili 10-15 foizga ko`paymoqda.

“Fuqarolar oqimi ko`pligi bois ularni qabul qilish jadvalini o`zgartirishga majbur bo`ldik. Avgust oyidan boshlab fuqarolar ro`yxatini tuza boshladik. Bu avvalgi ro`yxatdan tashqari. Har oyda biz fuqarolardan 120 ta ariza olamiz”, - deydi Vyacheslav Markevich.

Rossiya Federasiyasi ichki ishlar vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Rossiyada 1 mln 300 mingdan ortiq Tojikiston fuqarosi yashaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar