1

Aholi Sog`liqni saqlash vazirining xonasi oldida nega to`plandi?

Jamiyat 06.11.2019, 01:00
Teglar: Sog`liqni saqlash, buyrak transplantasiyasi
Aholi Sog`liqni saqlash vazirining xonasi oldida nega to`plandi?

Avvalroq telegram kanalimizda ma`lum qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Sog`liqni saqlash vazirligida buyrak ko`chirib o`tqazilgan bemorlar vazir Alisher Shodmonov qabuliga kirolmayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Vazirlikka murojaatchilar davlat byudjeti mablag`lariga ogohlantirishsiz sifatsiz dori sotib olinganidan noroziligini aytishga kelishgan. Biz bu holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan bog`landik. Vazirlik quyidagilarni ma`lum qildi:

"Ushbu videoxabarda keltirilgan vajlar mutlaqo asossiz bo`lib, buyrak transplantasiyasi amaliyoti o`tkazilgan bemorlarning tashrifi kutilmagan va oldindan rejalashtirilmagan tarzda yuz bergan. Vazirlik rahbariyati aynan o`sha paytda xorijiy delegasiya bilan muzokara olib borayotgan edi. Shu sababli ma`lum muddatdan so`ng vazir oldiga kelganlar qabul qilindi. Bemorlar bilan Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovning shaxsan o`zi, vazirning birinchi o`rinbosari Bahodir Yusupaliev va vazirlik mas`ul xodimlari uchrashdi. 

Ochiq muloqot asosida bo`lib o`tgan qabulda, hatto, ommaviy axborot vositalari vakillarining ham ishtirok etishiga sharoit yaratib berilgan.

Muloqot davomida Sog`liqni saqlash vaziri dorilar tender asosida, qonuniy ravishda sotib olingani, bemorlarning talablari inobatga olingan holda ularga uzluksiz etkazib berilayotganini ma`lum qildi.

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, bemorlar xavotiriga sabab bo`layotgan “Allosept” va “Roligraf” dori vositalari respublikamiz hududida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan va tegishli muvofiqlik sertifikatlariga ega. “Roligraf”ning tarkibi bemorlarga ilgaridan berib kelingan “Pangraf”ning tarkibi bilan mutlaqo bir xil. “Allosept” dorisi ham ilgaridan ishlatib kelinadigan “Maysept” dorisining to`liq analog shaklidir. Eng muhimi, ushbu dori vositalari zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP talablariga muvofiq bo`lib, o`z davlatida va boshqa xorijiy davlatlarda ro`yxatdan o`tkazilib, tibbiyot amaliyotida qo`llashga ruxsat etilgan. 

Ayni paytda V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak transplantasiyasi o`tkazilgan bemorlar “Roligraf” va “Allosept” dori vositalari bilan davolanayapti. Ammo hozirgacha nojo`ya ta`siri haqida shikoyat bo`lmagan. Ayni paytda birgina Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham ushbu dori vositasini qabul qilgan bemorlar soni 30 nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Shu kungacha ushbu bemorlarda ham nojo`ya ta`sir kuzatilgani yo`q. 

Shunga qaramay vazir “Allosept” va “Roligraf” dori vositalari bilan bir qatorda, “Maysept” va “Pangraf” dori vositalari ham berilishi borasida bildirilgan murojaat qanoatlantirilishini va ushbu preparatlar shu hafta ichida joylarga to`liq etkazib berilishni ma`lum qildi. 

Shuningdek, vazir chirchiqlik bemor Bahodir Po`latovning Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida doimiy dializ olishi ta`minlanishi bilan bog`liq so`rovni ham qanoatlantirdi.

Shu o`rinda e`tirof etishimiz joizki, so`nggi yillarda mamlakatimiz tibbiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2018 yildan buyon mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta inson a`zolari va to`qimalari, shu jumladan, buyrak kasalligining terminal bosqichida bo`lgan bemorlar uchun buyrak, shuningdek, jigar transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi buyrak va jigar transplantasiyasini boshidan kechirgan barcha bemorlar uchun zarur bo`lgan immunosupressant dorilar bilan bepul taminlashni yo`lga qo`ygan. Transplantasiya amaliyotini boshidan o`tkazgan bemorlarning joylardagi ahvolini o`rganish va ular bilan muntazam muloqotda bo`lib turish maqsadida transplantolog mutaxassislarning yurtimiz bo`ylab doimiy ravishda xizmat safarlari uyushtirilib, hozirda ro`yxatda turgan 700 nafarga yaqin bemor bilan yuzma-yuz uchrashuvlari o`tkazilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, buyrak transplantasiya o`tkazilgan bemorlarning dori ta`minotida xavotirga o`rin yo`q. Bu borada barcha jarayon Sog`liqni saqlash vazirligining qat`iy nazoratida. Shu bilan birga, vazirlik bundan buyon ham fuqarolarning murojaatlarini o`z vaqtida hal etishni o`zining ustuvor vazifasi deb biladi va bunga doimiy ravishda jiddiy e`tibor qaratadi". 


 

Sharhlar

O`zbekistondagi sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi bo`yicha korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

17.09.2021, 11:10

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi 5 yillikda sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi bo`yicha korxona va tashkilotlar soni (1 sentyabr holatiga):🔸2016 yilda – 8...
Buxoro viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`z arizasiga ko`ra vazifasidan ozod etildi. Uning o`rniga yangi rahbar tayinlandi

11.07.2021, 17:14

O`tgan yil oktyabr oyida Buxoro viloyati hokimligi sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan G`afur Normurodovich Saidov salomatligi tufayli bu lavozimni tark etdi.Bu haqda  bugun viloyat SSB...
O`zbekistonda nodavlat tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish tartibi o`zgardi

03.06.2021, 18:23

Shavkat Mirziyoevning shu yil may oyidagi “Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab ish staji besh...
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb etildi. Viloyat SSB holatga izoh berdi

23.05.2021, 14:53

Kuni kecha Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi, deya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1