1

Shimoliy Osetiyada O`zbekiston fuqarosi 7 yoshli qizni zo`rlaganligi xabar qilindi

Jinoyat 06.11.2019, 09:13
Shimoliy Osetiyada O`zbekiston fuqarosi 7 yoshli qizni zo`rlaganligi xabar qilindi

Shimoliy Osetiyada yosh bolani zo`rlaganlikda gumon qilingan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Hodisa 28 oktyabr kuni Oktyabrskoe aholi yashash punktida sodir bo`lgan, deya xabar beradi REGNUM AA hududiy tergov qo`mitasi ma`lumotlariga asoslangan holda.

Erkak ertalab ko`p qavvatli uyning yo`lagiga 7 yashar qizning ortidan kirib, uning himoyasiz ekanligidan foydalanib jinsiy zo`ravonlik harakatlarini amalga oshirgan hamda voqea joyidan yashiringan.

Polisiya xodimlari jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchini qidirib topdi. Unga nisbatan o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo`ravonlik harakatlari amalga oshirganlik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. 

Erkak hozirda hibsda. Targov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1