AsosiyJamiyat

“Qarshi neft bazasi”da sifati buzilgan 514,6 mln so`mlik neft mahsulotlari aniqlandi

'“Qarshi neft bazasi”da sifati buzilgan 514,6 mln so`mlik neft mahsulotlari aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning oktyabr oyida “Uzneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan MChJ “Qarshi neft bazasi” jamiyati va unga qarashli filiallarning neft mahsulotlari sig`imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig`i bilan hisobxona qoldig`i taqqoslanganda hamda sifat tahlili uchun namunalar olinganda jami 11 mlrd 535 mln. so`mlik manbaalar aniqlandi.

Jumladan, 220,3 mln. so`mlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 mln. so`mlik 5,7 tonna ortiqchalik hamda 160,1 mln. so`mlik 26,4 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 514,6 mln so`mlik 97703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 mlrd 512 mln so`mlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “O`zbekneftegaz” AJ ruxsatisiz AYoQShlarga imtiyozli narxlarda tarqtish holatlari aniqlandi.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli sig`imlarda saqlanayotgan sig`imlardan neftmahsulotlarning sifatini aniqlash uchun na`munalar olinib Uzneftegazinspeksiyaning Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topshirildi. Sifat tahlili natijasida jami 514,6 mln so`mlik 97703 litr neftmahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari bo`yicha rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organliriga taqdim etildi, deya xabar beradi “O`zneftegazinspeksiya” axborot xizmati.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar