Eksport-import operasiyalari bo`yicha valyuta nazorati to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritiladi. Prezidentning tegishli farmoni loyihasi muhokama uchun e`lon qilindi.
Ma`lumki, chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo`l qo`ygan eksportyorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning «erkin muomalaga chiqarish» rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar ko`rsatish 30 bank kunidan ko`proq muddatda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun — 60 bank kunida) bajarilishini ta`minlamagan importyorlar belgilangan muddatlar tugagandan so`ng respublika byudjeti daromadiga jarima to`laydilar.
O`zgartirishlarga ko`ra:
valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valyuta mablag`i summasining 40 foizi (hozirda 10 foiz) ekvivalentida;
valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valyuta mablag`i summasining qo`shimcha 60 foizi (hozirda 20 foiz) ekvivalentida jarima to`lash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda kelib tushmagan valyuta mablag`i summasining qo`shimcha 70 foizi ekvivalentida jarima to`lash bo`yicha talab chiqarib tashlanadi.






