AsosiyJamiyat

Namanganlik paxtakorlar marrani zabt etdi

'Namanganlik paxtakorlar marrani zabt etdi'ning rasmi

Viloyat paxtakorlari tomonidan joriy yilda 63 ming 406 gektar maydonda paxta etishtirildi. Har gektar erdan 30 sentnerdan hosildorlikka erishilib, el-yurt xirmoniga 192 ming 500 tonna yuqori sifatli sanoat xom ashyosi topshirildi.

Zafar marrasini egallashda qishloq xo`jaligida izchil davom ettirilayotgan islohotlar, paxtachilikni yanada rivojlantirishga ilmiy-innovasion yondashuv, jumladan, viloyatda sohaga zamonaviy klaster usulining keng joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 

“Namangan momiq sochiqlari”, “Toshbuloqteks”, “Uztex Uckurgan”, “Namangan to`qimachi” klasterlari viloyatning to`qqiz tumanidagi mavjud 1 ming 584 ta fermer xo`jaligi bilan shartnoma asosida ish olib bordi. Ular tomonidan fermerlarga mehnatga haq to`lash, yonilg`i-moylash materiallari, mineral o`g`it hamda o`simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurash vositalarini etkazib berilishi bilan bog`liq shartlarning to`liq bajarilishi mehnat samaradorligini ta`minlashda muhim omil bo`ldi.

“Namangan momiq sochiqlari” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 239 ta fermer xo`jaligi bilan klaster usulida ish tashkil qilingan Mingbuloq tumanida viloyatda birinchi bo`lib g`alaba marrasi egallandi.

Ayni paytda viloyatning beshta tumani – Kosonsoy, To`raqo`rg`on, Uychi, Norin va Uchqo`rg`on tumanlarida hosilni yig`ishtirib olish ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar