AsosiyJamiyat

Xonobodda elektromobillar ishlab chiqariladi

'Xonobodda elektromobillar ishlab chiqariladi'ning rasmi

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasida xorijlik sarmoyadorlarni qabul qildi.

“Xonobod Kyu Bi Koin” MChJ mutaxassislari viloyatda turli rusumdagi elektromobillarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni rejalashtirgan. Viloyat rahbari xorijlik sarmoyadorlar bilan suhbat davomida ushbu loyihani to`laligicha qo`llab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.

Ayni chog`da korxona Andijonda faoliyat boshlaganidan so`ng ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari haqida so`z yuritdi, deya xabar beradi Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati. 

Viloyat hokimi bugungi kunda butun jahonda elektromobillar ommalashib borayotgani va aynan ushbu istiqbolli loyiha zamonaviy, tejamkor va eng asosiysi, atrof-muhitga ziyon etkazmaydigan transport vositalarining viloyat yo`llari bo`ylab harakatlanishiga zamin yaratishini ta`kidlab o`tdi.

Darhaqiqat, bir marta quvvatlanganidan so`ng 100-150 kilometr masofani bosib o`tish imkoniyatiga ega bo`lgan engil va yuk avtomobillari, elektrobus, motosikl va maxsus texnikalar ko`pchilikda katta qiziqish uyg`otmoqda.

Shu bilan birga viloyat hokimi ichki ishlar idoralari xodimlariga mo`ljallangan maxsus mashinani Andijon shahri sharoitida sinovdan o`tkazish borasida topshiriq berdi. Sinov davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganidan keyin esa mana shunday ixcham, zamonaviy ko`rinishdagi maxsus mashinalar hududlarning osoyishtaligini saqlashga munosib hissa qo`shadi. 

“Xan” rusumidagi elektromobillar ajoyib texnik xarakteristika, zamonaviy qiyofaga ega. Tabiiyki, bunday avtomobillar benzin yoki dizel yonilg`isiga ehtiyoj sezmaydi. Qolaversa, oddiy uy sharoitida quvvatlantirish ham juda osondir.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar