O`zbekiston fuqarolari Peterburgda ishga "patent" olish bo`yicha etakchilik qilishmoqda. Bu haqda 78.ru.news nashri xabar berdi.
Rossiyaning Peterburg shahrida yil oxirida xorijlik fuqarolarning ishlash xuquqini beruvchi 250.000 ta "patent" berish rejalashtirilgan.
Peterburg shahriga kelgan migrantlarning 62 foizini asosan 21-35 yoshlilar tashkil etadi. Ularning aksariyati Rossiyaga turmush o`rtoqlari bilan birga kelishadi. 2019 yilda O`zbekiston fuqarolariga 70 foiz, ya`ni 126.000 ta patent berilgan bo`lsa, tojikistonliklarga 25 foiz – 44.000 ta, Moldova va Ukraina fuqarolari esa bor-yo`g`i 2 foiz patentga egalik qilishgan.
Ba`zi bir, masalan Belorus fuqarolari Rossiyada patentsiz, qonuniy asosda ishlash huquqiga ega. Manbaning xabar berishicha, patent berish orqali Rossiya 2018 yilda 7,3 milliard rubl foyda ko`rgan. Bu yil esa mazkur ko`rsatkich ikki barobarga oshgan.






