3-noyabr kuni soat 18.00 da Bektemir tumanida 29 yoshli Rustam A. 26 yoshli Layloxon A.ning chalg`iganidan foydalanib, uning sumkasidan narxi 1.300.000 so`m bo`lgan mobil telefonni o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. Ammo u uzoqqa qochib ulgurmadi. Jabrlanuvchi yordam so`rab murojaat qilgan IIBB xodimlari uni qo`lga olishdi.
Andijonlik Rustam A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






