Xalq dardi bilan yashash, fuqarolarning fikri taklifini eshitish, bu har bir davlat tashkilotining kundalik hayotiga aylanishi lozim. Shu ma`noda oldin e`lon berilganidek O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabullari jadvali e`lon qilingan edi.
Bugun Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i O.Bozorov, Byuroning Uchtepa tuman bo`limi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabullarni o`tkazdi.
Sayyor qabulda o`z muammosini echimini kutib turgan Uchtepa tumani Beshqayrag`och mahalla fuqarolar yig`ini, Uyg`ur ko`chasi 610-xonadonda yashovchi M.Sodiqovaning tabiiy gazdan bo`lgan 1 million so`m miqdoridagi qarzdorligini shu kungacha to`lab bera olmayotganligini bildirdi. Sabab ijtimoiy himoyaga muhtoj onaxon turmush o`rtog`i bemorlikdan yotib qolgan, o`zi esa goh u yoqda goh buyoqda yollanma ishlarni qilib ro`zg`orini tebratayotgan ekan. Sayyor qabul jarayonida M.Sodiqovaning tabiiy gazdan bo`lgan qarzdorlik muammosi homiy topish yo`li bilan o`z echimini topdi.
Bundan tashqari fuqaro M.To`raeva qabulda ikki nafar voyaga etmagan farzandlari uchun 3 oydan beri sobiq turmush o`rtog`idan aliment pullari va bola 3 yoshga to`lguniga qadar qat`iy 446.000 so`m jami 1 mln. 900 ming so`mlik moddiy ta`minot undirish bo`yichasayyor qabulda qilgan murojaati o`z vaqtida hal etildi. Shu vaqtning o`zida olib borilgan tezkor ijro harakatlari davomida M.To`raevaning sobiq turmush o`rtog`i bo`limga chaqirtirilib, aliment pullari undirildi. Bu taqdim etilayotgan rasmlarda ham o`z aksini topgan.
Sayyor qabulda 10 danortiq murojaatlar ko`rilib, o`z muddatida hal etilishi uchun chora-tadbirlar ko`rilmoqda.
MIB Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabullari davom etadi.






