1

Samarqandda o`nlab ishchilar o`rtasida bo`lgan ommaviy mushtlashuv bostirildi

Jamiyat 07.11.2019, 08:00
Teglar: Samarqan, mushtlashuv
Samarqandda o`nlab ishchilar o`rtasida bo`lgan ommaviy mushtlashuv bostirildi

Kecha, 6 noyabr kuni Samarqandda qurilishda ishlaydigan o`nlab ishchilar o`rtasida ommaviy janjal bo`ldi. Voqea aks etgan video shu kunning o`zida intenet tarmog`ida tarqaldi. Mushtlashuv turklar va o`zbeklar o`rtasida kelib chiqqani aytilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma`lumot berdi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” korxonasi tomonidan qurilayotgan ko`p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan o`n nafar ishchilar o`rtasida o`zaro kelishmovchilik oqibatida  janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat oqibatida to`rt nafar fuqaro Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga turli tan jarohatlari bilan murojaat qilishgan.

Xozirgi kunda ushbu holatyuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovoldi harakatlar olib borilmoqda.

Shuningdek:

"Fuqarolarimizdan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergovya kuniga ko`ra to`liq axborot berilishig aqadar, ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan videotasvirlarga nomaqbul izohlar berishlaridan o`zlarini tiyishlarini so`raymiz", — deyilgan rasmiy xabarda.

Sharhlar

Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi

20.05.2024, 14:15

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda.Aniqlanishicha, joriy yilning 16 may kuni Samarqand...
Namanganda fuqaro shifokorni do`pposladi (video)

04.08.2021, 16:42

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do`pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. Video...
Moskvada migrantlar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv bo`yicha izoh berildi

23.07.2021, 16:31

Ommaviy axborot vositalarida Moskva viloyatidagi kafelardan birining yaqinida mehnat migrantlari o`rtasida mushtlashuv yuz bergani, unda o`q ovozlari eshitilgani haqida xabarlar  tarqaldi.Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1