1

Farg`ona viloyatida profilaktika inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 07.11.2019, 09:24
Farg`ona viloyatida profilaktika inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Afsuski, oramizda o`z qilmishi oqibatlarini turli xil noqonuniy yo`llar bilan berkitib, kirdikorlarini yashirishni niyat qilgan hamyurtlarimiz ham yo`q emas... 

Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, Farg`ona viloyatini Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug`ilgan fuqaro o`ziga nisbatan  O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarolik to`g`risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan to`plangan hujjatlarni  sudga yubormaslik va engillik qilib berishni so`rab Buvayda tumani  IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`linmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektoriga bir necha bor murojaat qilgan. Ayni jarayonda fuqaro mana shunday noqonuniy ish uchun 300.000 (uch yuz ming) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi. Profilaktika inspektorining ushbu fuqaroga pora berish jinoyat ekanligi, to`plangan hujjatlar bo`yicha sud tomonidan qonuniy qaror qabulinishi, qilmishining huquqiy oqibatlari  tushuntirishiga qaramasdan, u o`z niyatidan qaytmaydi. Profilaktika inspektorining rahbariyatga holat yuzasidan bildirgisi asosida O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, Farg`ona viloyati IIB JQB KvaIJQKB hamda Buvayda tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida, pora taklif qilayotgan fuqaro profilaktika inspektoriga 300.000 (uch yuz ming) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1