AsosiyJamiyat

Respublika Sardorlar faoliyati sarhisob qilindi

'Respublika Sardorlar faoliyati sarhisob qilindi'ning rasmi

Bugungi kunda yurtimiz bo`ylab 1 million 836 ming nafar sinf sardorlari, 1 million 733 ming nafar maktab sardorlari, 3 ming 492 nafar tuman ( shahar) sardorlari, 252 nafar Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, vaToshkent shahar sardorlar Kengashi a`zolari qizg`in faoliyat yuritmoqda. Ularning 18 nafarini Respublika sardorlar kengashi a`zolari tashkil etadi.

6 noyabr kuni Toshkent shahrida Respublika sardorlar forumi doirasida Respublika sardorlar saylovi boshlandi. 9 noyabrga qadar davom etuvchi saylovda hududlardagi 14 nafar “Ittifoq” va 14 nafar “Kamalak” bosh sardorlari o`zaro kuch sinashadi. Saylov doirasida sardorlar va hududiy “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari uchun bir kunlik seminar-trening tashkil etiladi.

Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da Respublika Sardorlar forumining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari, Respublika “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari, hududlardagi “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari, boshlang`ich tashkilot etakchilari va OAV xodimlari ishtirok etdi. 

Forumni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa`dullaevlar o`z nutqlari bilan ochib berdi.

So`ngra, Respublika Sardorlar faoliyati sarhisob qilindi. Tizimdagi yutuqlar bilan birga muammo va kamchiliklar,kelgusidagi rejalar xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga "Amir Temur" nomli ilk gologramma spektakli namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar