Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Sherzod Shermatov boshchiligida "Maktablarda ta`lim sifatini oshirish - bosh vazifa" mavzuida matbuot anjumani o`tkazilyapti.
Yig`ilishda "O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da umumta`lim muassasalari o`qituvchilari va maktab direktorlarini zamonaviy malaka talablari asosida sinovdan o`tkazib, ularning faoliyatini lisenziyalash belgilangan. Shu bois, uni amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda. Konsepsiyaga muvofiq lisenziyalash bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jami o`qituvchilar soniga nisbatan kasbiy lisenziyaga ega o`qituvchilarni 2021 yilda 5 foizga, 2030 yilda 20 foizga etkazish belgilangan.
Anjuman ishtirokchilari kasbiy lisenziyalash amaliyoti Buyuk Britaniya, AQSh, BAA, Koreya, Finlyandiya va Yaponiya kavbi mamlakatlarda samarali joriy qilinganlagini ta`kidlashdi.
Vazir jurnalistlarning o`qituvchilarga lisenziya berish borasidagi savollariga batafsil javob berdi.
Ayni paytda matubot anjumani davom etmoqda. Bizni kuzitishda davom eting. darakchi.uz muxbiri batafsil ma`lumotlarni taqdim qiladi.






