2019 yilning 7 noyabr kuni Navoiy shaxar FVB YoXB navbatchilik qismiga M.Tarobiy ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning oshxonasida yong`in yuz bergani to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqida FVV matbuot xizmati ma`lum qildi. Xabar olingach, boshqarma qutqaruvchilari 1 ta qutqaruv va 2 ta yong`in o`chirish texnikalari bilan voqea joyiga zudlik bilan etib borishdi. Yong`in o`chirish avtonarvoni to`rtinchi qavatga o`rnatilib, maxsus gidravlik qaychi yordamida xonadonning temir panjaralari kesib olindi va alanga ichida qolgan 4 yoshli bolakay qutqaruvchilar: X.Haqberdiev, G`.Rajabov B.Elmurodov, F.Xalimovlar tomonidan qutqarib olindi. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in to`liq o`chirilgan. 2015 yilda tug`ilgan Mirziyo Farrux o`g`li sog`-salomat ota-onasiga topshirildi. Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.