AsosiyJamiyat

MIB kam ta`minlanganlarni tarmoqdan uzishdan ko`ra, ularga ko`mak berishni afzal ko`rdi

'MIB kam ta`minlanganlarni tarmoqdan uzishdan ko`ra, ularga ko`mak berishni afzal ko`rdi'ning rasmi

MIB Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxtimizdagi kam ta`minlangan va ehtiyojmand oilalarning homiylar yordamida qarzdorliklarini  to`lash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahriston 2-tor ko`chasi, 28-uyda yashovchi otasiz talaba Atametovlar xonadonida tabiiy gazdan 900 ming so`m miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlandi. Ushbu mahallada yashovchi ismi-sharifini ma`lum qilmagan tadbirkor tomonidan tabiiy gaz uchun 1 mln. so`m miqdoridagi to`lov amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Gulyor 4-tor ko`chasi, 17-uyda yashovchi Majidovlar xonadonida tabiiy gaz hisoblagich uskunasi nosoz holatga kelganligi sababli, ushbu xonadonga mahallada yashovchi ismi- sharifini ma`lum qilishni istamagan tadbirkor tomonidan 300 ming so`mlik gaz hisoblagich uskunasi o`rnatib berildi. 

Uchtepa tumani, Taqachi MFY, Beshqayrag`och 65/1-xonadonda yashovchi kam ta`minlangan oila Mo`minovalar xonadoni tabiiy gazdan 2 mln. so`m miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlandi, unga ham homiy tomonidan tabiiy gazdan mavjud qarzdorlikning bir qismi, ya`ni 1 mln. so`m miqdoridagi to`lov amalga oshirildi.

Chilonzor tumani, Katta Qozirabot mahallasida yashovchi fuqaro M.Zagregin xonadoni iste`mol qilgan tabiy gazdan 1.000.000 so`mlik va Chilonzor tumani, Guliston ko`chasida yashovchi fuqaro Z.Yakubova xonadoni maishiy chiqindidan 250.000 so`mlik qarzdorligi ham homiylar yordamida bartaraf etildi.

Yunusobod tumani, Shahriston MFY da yashovchi fuqaro B.Abdullaxo`jaeva (ko`zi ojiz, nogiron) xonadonida tabiiy gazdan mavjud bo`lgan 1 mln. 600 ming so`m miqdordagi qarzdorlik va elektr energiyasidan mavjud bo`lgan 800 ming so`m miqdordagi qarzdorlik ushbu mahallada yashovchi “Nodir aka” ismli tadbirkor homiyligida to`lab berildi va qarzdorlik bartaraf etildi. Shuningdek, ushbu xonadon tabiiy gazdan me`yor asosda foydalanib kelganligi sababli, “Tumangaz” homiyligida xonadonga gazhisoblagich uskunasi o`rnatib berildi.

Shuningdek, Yunusobod tumani, Sho`rob ko`chasida yashovchi kommunal to`lovlardan qarzi bo`lgan va to`lov imkoniyati bo`lmagan fuqaro Tillaeva xonadonida tabiiy gazdan mavjud bo`lgan 3 mln. 600 ming so`m miqdoridagi qarzdorlik va elektr energiyasidan mavjud bo`lgan 1 mln. 67 ming so`m miqdoridagi qarzdorlik ham ushbu mahallada yashovchi tadbirkor homiyligida qoplab berildi. 

Xayriya tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar