Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Yo`riqnomaga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, endilikda tug`ilishni qayd etish muddati o`tkazib yuborilganda 16 yoshgacha bo`lgan bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
bolaning ota-onasi;
ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo`lgan hollarda ulardan biri;
ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;
ota-onaning o`rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.
Ilgari bunday ariza faqat bolaning ota-onasi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo`lgan.
Bundan tashqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga o`zgartirishlar, tuzatishlar va qo`shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo`ldi.
Ilgari dalolatnoma yozuvlariga ishonchnoma orqali o`zgartirish kiritish mumkin bo`lmagan






