O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tayotgan "Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi dolzarb masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi reja qilingan ishlar” mavzusida matbuot anjumanidan "Darakchi" muxbirining xabar berishicha, so`nggi 10 oy davomida:
32 380 kishiga Toshkent shahri va 7462 kishiga Toshkent viloyatining doimiy propiskasi berilganini ma`lum qilmoqda. Bu haqida M va FRBB xorijiy fuqarolarni hisobga olish bo`limi boshlig`i Dilshodbek Murodbekov xabar bergan. Bundan tashqari, 4951 kishiga O`zbekiston fuqaroligi berilgan, 847 317 nafar fuqaroga biometrik pasportlar, 781 376 nafar fuqaroga esa xorijga chiqish pasportlari topshirilgan. Matbuot anjumani davom etmoqda. Bizni kuzatib boring.






