Talabalar fan olimpiadasi g`oliblari magistraturaga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqiga ega bo`ladi. Mazkur imtiyoz berilgan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkaziladigan respublika fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Hujjatga kiritilayotgan asosiy yangiliklardan biri talabalar fan olimpiadasi respublika bosqichi g`oliblariga g`olib bo`lgan fan bo`yicha magistraturaga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi guvohnoma taqdim qilinadi.
Guvohnoma ikki yil muddat davomida amal qilishi ko`zda tutilgan.
Talabalar, soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillari Qaror loyihasi yuzasidan o`z takliflarini bildirishlari mumkin.
Muhokamalar shu yilning 16 noyabriga qadar davom etadi