AsosiyJamiyat

Rasman: Senat raisi o`rinbosari Svetlana Artikovaning vakolati muddatidan avval tugatildi

'Rasman: Senat raisi o`rinbosari Svetlana Artikovaning vakolati muddatidan avval tugatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi Farmoniga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Svetlana Baymirzaevna Artikovaning vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar bergan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi Farmoniga asosan Svetlana Baymirzaevna Artikova O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boshqa yangiliklar