So`nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog`liq xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Axborot xizmati xabar berdi.
Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo`yicha bir necha kun avval o`rganish ishlarini boshlagan. Bizga ma`lum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug`ullanmoqda va tez orada bu holat bo`yicha rasmiy ma`lumot beriladi.
“Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qo`lini cho`zishga tayyormiz. Ayni vaqtda O`zbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.
Biz jarayonning ochiq va shaffof o`tishi, holat bilan bog`liq aniq ma`lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz“, deyiladi Ittifoq bayonotida.