O`zining diltortar qo`shiqlari bilan muxlislar qalbidan muqim joy olgan "Sarbon" guruhi ijod qilishda davom etmoqda. Guruhning yangi taronasi “Go`zallar ham yig`lar ekanlar” deb nomlanadi. Qo`shiq matni B.Bobomurodga tegishli bo`lsa, musiqani guruh yakkaxoni Farhod Saidov bastalagan.
F.Saidovning so`zlariga ko`ra, bu qo`shiq bundan 25 yillar oldin ijro etilgan, ammo omma e`tiboriga havola qilinmagan ekan. Ushbu qo`shiq uchun klipmeyker Sh.Mavlonov bilan hamkorlikda videoklip ham suratga olindi.





