Talabalarda ayni shu masalada juda ko`plab savollar paydo bo`lmoqda. Huqushnos va bloger Xushnud Xudoyberdiev aniqlik kiritshga harakat qildi:
“Avvallari ham saylov munosabati bilan talabalarga vaqtliroq ruxsat berilgan vaziyatlar bo`lgan. Yoki 2016 yilgi Prezidentlik saylovlarida talabalarga 1-5 dekabr kunlari qisqa muddatli ta`til ham berilgandi.
Joriy yilda ushbu masala qanday hal bo`ladi?
Bu bo`yicha mas`ullar bilan bog`lanib, aniqlik kiritishga harakat qildim. Bugungi kunda saylov munosabati bilan talabalarga qishki ta`tilni muddatidan oldinroq berish va o`z navbatida ta`tildan vaqtliroq qaytish masalasi ko`rib chiqilayotgan ekan. Agar ushbu taklif ma`qullansa, talabalar saylovda o`zlarining doimiy yashash joylari bo`yicha ishtirok etishlari mumkin bo`ladi”.
Demak, hozircha xulosa qilishga biroz erta, rasmiy o`zgartirish bo`lsa, birinchilardan bo`lib xabar qilamiz.