AsosiyJamiyat

Toshkent jamoat transportida ikki yil ichida kontaktsiz to`lov tizimi joriy etiladi

«Toshshahartransxizmat» AK ikki yil ichida Toshkent jamoatchilik transportida smart-karta orqali kontaktsiz to`lov tizimini yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda, deb yozadi daryo.uz Uzbekistan Today axborot agentligi xabariga tayangan holda.

Yangi tizim bo`yicha bosib o`tilgan masofaga qarab pul to`lanadi va yo`lkira to`lovi tahlilidan kelib chiqib, yo`nalish tarmog`i yanada optimallashtiriladi.

Kompaniya tizimni joriy etish bo`yicha sakkizta, jumladan ikkita mahalliy kompaniyadan kelib tushgan takliflarni ko`rib chiqmoqda. Ayni paytda xalqaro tajriba ham o`rganilmoqda.

«Biz moliyalashtirish masalalarini ham hal etishimiz zarur, bu maqsadlarga kredit mablag`lari jalb etilishi ham mumkin. Yakuniy ekspertizadan so`ng loyiha ko`rib chiqish uchun hukumatga yo`naltiriladi», — dedi «Toshshahartransxizmat» AK boshqaruv raisi Otabek Sodiqov.

Uning ta`kidlashicha, avtobuslar sonidan kelib chiqib, tizimni joriy etish uchun 3—4 oy talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar