Xabaringiz bor, kecha, 7 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ishlab chiqarish va sanoat masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Tadbirda davlat rahbari joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni topshirgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensasiya pullarini o`z vaqtida va to`liq etkazib berish yuklatilgan. Tog`li va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zaxirasini yaratish aytilgan.
Avval xabar berganimizdek, 15 oktyabrdan un va bug`doyning narxlari erkinlashtirildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilarga oyiga 50 ming so`mdan kompensasiya to`lanmoqda.
Ma`lumot uchun: Buxanka non narxi shu paytgacha bir necha marta qimmatladi.
Yaqin orada ayrim joylarda 2500 so`mgacha etgan.