O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko`lamini yanada kengaytirish to`g`risida qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda 2019-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasining sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:
* reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam sifati oshiriladi;
*reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi va sifati oshiriladi;
*ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko`rsatish uchun zamonaviy infratuzilma shakllantiriladi;
*homilador ayollar va bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy xizmat ko`rsatadigan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlanadi, shuningdek, ularning binolari rekonstruksiya qilinadi, mukammal ta`mirlanadi va yangilarin quriladi;
*nogironligi bo`lgan bolalar tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilinadi va sog`lomlashtiriladi, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
*zamonaviy talablarga javob bera oladigan va ilg`or texnologiyalarni egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar hamda bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy xizmat sifati yaxshilanadi;
*sog`lom farzandlarning tug`ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo`yicha aholi o`rtasida tushuntirish ishlari kuchaytiriladi, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi ko`nikmalari shakllantiriladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, 2019-2023 yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko`lamini yanada kengaytirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.