Kecha O`zbekistonga G`arbiy Qozog`iston hududidan sovuq havo oqimi kirdi. Mamlakatimiz shimolida harorat 7-10 daraja pasayib, 9-14 daraja iliq atrofida bo`ldi, deya xabar beradi "O`zgidromet".
Bugun antisiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta`sirida bulutli, yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`ladi. Harorat pasayib, 10-13 daraja iliq atrofida bo`ladi.
Haftaning oxirigacha respublika hududi sovuq havo ta`siri ostida qoladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni kechasi 0-5 daraja iliq, 12 noyabrda ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.