17-sentyabr kunidan 18-sentyabrga o`tar tunda Mirzo-Ulug`bek tumanida o`g`rilik sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, 36 yoshli Orif R. tomonidan uyda ta`mirlash ishlarini amalga oshirish uchun taklif qilingan noma`lum shaxs, uy egasi uyda yo`qligidan foydalanib, yotoqxonaga kiradi. Eshigining qulfini buzib u erdan umumiy narxi 3.325.000 so`mga teng bo`lgan narsa-buyumlarni o`g`irlab ketgan.
Shundan so`ng g`arazgo`y voqea joyidan yashirindi. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar davomida IIBB xodimlari gumonlanuvchi 24 yoshli Raximjon A.ni qo`lga olishdi.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Notanish odamlarni uyingizda yolg`iz qoldirmang. O`z mulkingiz va shaxsiy buyumlaringizni ehtiyot qiling!” deya ogohlantirmoqda toshkent shahar IIBB.






