AsosiyJinoyat

Sergilida avtosalondan moshina olib bermoqchi bo`lgan firibgar 23,5 mln.ga “uxlatdi”

'Sergilida avtosalondan moshina olib bermoqchi bo`lgan firibgar 23,5 mln.ga “uxlatdi”'ning rasmi

6-noyabr kuni Sergeli tumani prokuratura organlaridan kelib tushgan xabarga ko`ra, avtosalondan moshina olib bermoqchi bo`lgan firibgar qo`lga tushdi. Bu hvqida Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi. 

Joriy yil iyul oyida 21 yoshli Asliddin K. 33 yoshli Ergashali K.ning ishonchiga kirib, unga salondan “Spark” rusumli avtomobil xarid qilishda ko`maklashishini va`da qilgan. O`zining “xizmati” uchun Asliddin Ergashalidan 23.500.000 so`m olib, va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

 Ushbu fakt asosida Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar