AsosiyJinoyat

Davlat Bojxona qo`mitasi: 1254 dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib o`tish rejasi amalga oshmadi

'Davlat Bojxona qo`mitasi: 1254 dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib o`tish rejasi amalga oshmadi'ning rasmi

Yangi yil arafasida dunyo bo`lab pirotexnika vositalaridan foydalanish ko`lami ortadi. Ammo, bayramga yarashmaydigan qo`shtirnoq ichidagi zavq ortidan tashvishli va hattoki qayg`uli holatlar sodir bo`lishi hech kimga sir emas... 

O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo`mitasining xabar berishicha,  Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro P.V. og`zaki savol-javobdan so`ng, qo`l yuklari xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs ko`l yuklari ichida deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, 57 jami 1254 dona o`ramda pirotexnika mahsulotlarini yashirib olib kirishga uringanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar