Qo`shni davlat hududidan noqonuniy ravishda olib kirilayotgan tovar moddiy buyumlari to`xtatib qolindi. Bu haqida DXX ma`lum qilmoqda.
Unga ko`ra, Qirg`iziston Respublikasi tomonidan noqonuniy ravishda kirib kelayotgan “Labo” rusumli avtomobil haydovchisi Davlat chegaralarini mustahkam qo`riqlayotgan chegarachilarni ko`rib, qo`lga tushmaslik uchun yuk to`la avtomobilni tashlab qochishga uringan.
Biroq olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida 1986 yilda tug`ilgan A.I. ismli qonunbuzar qo`lga olingan.
Unga tegishli bo`lgan “Labo” rususmli avtomobil ko`zdan kechirilganda umumiy qiymati 130 million so`mga teng bo`lgan turli xil texnika vositalari va boshqa turdagi tovarlar borligi aniqlandi