1

Fuqaroni eng ko`p sarson qilgan davlat idoralariga qanday choralar ko`rilmoqda

Jamiyat 11.11.2019, 14:57
Fuqaroni eng ko`p sarson qilgan davlat idoralariga qanday choralar ko`rilmoqda

Davlat xizmatlari agentligining axborot xizmatining darakchi.uz saytiga  davlat xizmatlari ko`rsatish sohasida eng ko`p qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`ygan davlat idoralari haqidagi ma`lumotni taqdim etdi. 

Berilgan statistik ma`lumotlarga ko`ra, bunday qonun buzilishlarga kadastr idoralari, hokimliklar, shuningdek muhandislik kommunikasiya tarmoqlariga ulanishda, ya`ni elektr, gaz suv va suv oqava tashkilotlari tomonidan yo`l qo`yilgan.

Bunday holatlarni qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida Agentlik tomonidan tegishli huquqiy ta`sir choralari qo`llanilgan.

Xususan, aniqlangan holatlar bo`yicha davlat organlariga 689 ta taqdimnoma, 1 545 ta ogohnomalar kiritildi hamda 2 264 ta shaxslarga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 

Qo`llanilgan ta`sir choralarga asosan 421nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 49 nafari vazifasidan ozod qilindi hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma`muriy jarima jazosi qo`llanilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1