1

Noma`lum kasallik 6 nafar bolaning umriga zomin bo`ldi

Dunyo 11.11.2019, 15:45
Noma`lum kasallik 6 nafar bolaning umriga zomin bo`ldi

Hindistonning sharqiy qismida joylashgan Odisha shtatida so`nggi ikki hafta davomida bir yoshdan to`rt yoshgacha bo`lgan 6 nafar bola noma`lum kasallik tufayli hayotdan ko`z yumdi, 7 nafari kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi TASS nashri.

Noma`lum kasallik Malkangiri okrugining Tamanpalli qishlog`ida tarqalgan. Mazkur kasallikka chalingan bolalarning harorati ko`tarilib, yo`tal tutgan, ularda ko`ngil aynishi, qayt qilish kuzatilgan. 

Mahalliy tibbiyot xodimlari bu kasallik sababini hozircha aniqlay olishmagan. Kasal bolalarning qoni tekshiruv o`tkazish uchun shtat poytaxti Bshubaneshvar shahriga yuborilgan. Hukumat mahalliy shifokorlarga yordam berish maqsadida bir guruh tibbiyot xodimlarini yuborgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1