1

Shuhrat G`aniev: "Endi tadbirkorga hech kim “o`gay” ko`z bilan qaramaydi"

Jamiyat 11.11.2019, 16:43
Shuhrat G`aniev: "Endi tadbirkorga hech kim  “o`gay” ko`z bilan qaramaydi"

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini eshitdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha yo`llar ochilib, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratib berilmoqda. Davlatimiz rahbari 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta`minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo`yicha ko`rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ham bunga muhim e`tibor qaratdi.

photo5352870891681328101.jpg

Farg`ona viloyatida tadbirkorlik ilmini egallagan uddaburon ishbilarmonlar ko`p. Aholisi deyarli 4 million nafarga etayotgan viloyat har jihatdan mamlakat miqyosida munosib o`ringa ega. Jumladan, tadbirkorlik borasida ham. Birgina tadbirkorlik sub`ektlarining viloyat sanoat mahsulotlaridagi ulushi 42,6 foizdan oshdi. “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi asosida joriy yilning o`tgan davri mobaynida 32 mingta fuqarolarga 563 milliard so`m imtiyozli kredit mablag`lari ajratildi. Tikuvchilik, chorvachilik, yog`ochsozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan o`nlab oilalar elga tanildi.

Viloyatda umumiy maydoni 103 gektardan iborat 14 ta kichik sanoat zonalarida bugungi kunda 125 milliard so`mlik 46 ta loyihalar ishga tushirildi. Qo`qon erkin iqtisodiy zonasida ham xorijiy sarmoya ishtirokida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar 4 ta sektor rahbarlari va boshqarma, tashkilot rahbarlari tomonidan o`tkazilgan sayyor qabullar davomida hamda 15 mingga yaqin tadbirkorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvlarda tushgan 1 ming 960 ta murojaatlar, Bosh vazir qabulxonasiga tushgan 1 ming 361 ta muammoli masalalar ijobiy hal etildi. Shu bilan birga shahar va tumanlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, muammolarni amaliy hal etish borasida ishlar talaygina.

photo5353031768271334446.jpg

Farg`ona shahrida bo`lib o`tgan ochiq muloqotda Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`aniev tadbirkorlarga doimo ko`makchi ekanligini bildirib, ularga to`siq bo`layotgan muammolarni tingladi. Tadbirkorlarning savollariga mutasaddi idoralar vakillari atroflicha javob qaytardi.

Uchrashuvda viloyat hokimining tadbirkorlarga murojaati o`qib eshittirildi. Unda jumladan shunday deyiladi:

photo5353031768271334451.jpg

“Tadbirkorga davlat va huquq nazorat idoralari ilgari “o`gay” ko`z bilan qaragani sir emas. Bunday munosabat ma`lum muddat odamlarda tadbirkorlikka qiziqishni susaytirdi. Ammo endi hech qachon bunday bo`lmaydi. Tadbirkorlikka ortiqcha aralashuvlarning oldini olish, davlat organlari bilan munosabatlar tekshirish emas, balki tadbirkorlikka faqat va faqat yordamlashish nuqtai nazaridan quriladi. Har bir tadbirkorning mulki daxlsiz, hech bir tadbirkordan turli sabablarni vaj qilib, uning mulki tortib olinmasligi yoki buzilmasligi kafolatlanadi. Tadbirkorni o`z ishidan qoldirib majlisbozlik qilishga butunlay chek qo`yiladi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1