AsosiyDunyo

Siklon tufayli Bangladeshda odamlar evakuasiya qilindi

'Siklon tufayli Bangladeshda odamlar evakuasiya qilindi'ning rasmi

Ob-havo boshqarmasining xabar berishicha, siklonning boshlanish nuqtasi Hindistonning G`arbiy Bengaliya shtatining janubidagi Sagar oroli hisoblanadi. Shamol tezligi soatiga 120 kilometrdan 130 kilometrgacha bo`lib, siklon Bangladeshning janubi-g`arbiy mintaqasidan o`tib, tez orada mamlakat bo`ylab yoyilgan.

Bangladeshning tabiiy ofatlarni boshqarish bo`yicha vaziri Enamur Rahmon, shanba kuni kechqurungacha 1,8 milliongacha odam evakuasiya qilinishini aytdi. Buning uchun 5000 dan ortiq boshpanalar tayyorlandi.

160 million aholiga ega bo`lgan Bangladesh dahshatli siklonlar tarixiga ega. Ammo so`nggi o`n yilliklarda tabiiy ofatlarga qarshi kurashish imkoniyatlari oshirildi va natijada qurbonlar soni kamayyapti.

    Boshqa yangiliklar