Toshkentning O`zbekiston ko`chasi (Toshkent City) hududida pista chaqib, undan qolgan po`choqlar qoldig`ini belgilanmagan joyga tashlayotgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi xabar berdi.
Fuqaro Sh. K.ga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish xaqining yarim barobari (111 500 so`m) miqdorda ma`muriy jarima qo`llanildi.
Eng qizig`i, Toshkent City hududiga papiros qoldiqlari, baklajkalar, turli qog`ozlar, hatto yaroqsiz batareyalarni tashlash uchun maxsus qutilar o`rnatilgan. Yana o`sha hududda «Aqlli axlatdon» – «ZiMMER» kompleks chiqindi konteyneridan ham naq 2 tasi turibdi.