O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot ShAMSUTDINOVning "Darakchi"ga bergan ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 11 noyabr soat 06:30 larda Rishton tumani, “Zarariq” mahallasida yashagan voyaga etmagan opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirishgan vaqtida hammomni isitish uchun qo`lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o`chib qolishi natijasida tabiiy gazdan zaxarlanishib, hodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






