AsosiyJamiyat

27 noyabrda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toshkentda uchrashadi

'27 noyabrda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toshkentda uchrashadi'ning rasmi

Markaziy Osiyo rahbarlarining navbatdagi, ikkinchi konsultativ uchrashuvi joriy yilning 27 noyabrida Toshkent shahrida bo`lib o`tadi. Bu haqda Qozog`iston respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev ma`lum qildi.

"Bundan ilgari men barcha qo`shni davlat rahbarlarini konsultativ uchrashuvga chaqirgan edim. Mazkur uchrashuv Ostona (Nursulton) shahrida bo`lib o`tdi. Bunday uchrashuvlar turli poytaxtlarda o`tkazilishini istadim. Navbatdagi uchrashuv, joriy yilning 27 noyabrida Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirildi", deb Nursulton Nazarboev so`zlaridan iqtibos keltirdi Kazinform agentligi. Uning ta`kidlashicha, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida hali hal qilinmagan muammolar mavjud. 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi konsultativ uchrashuvi 2018 yilning mart oyida Qozog`iston poytaxtida bo`lib o`tgan edi. Joriy yilning iyul oyida O`zbekiston Respublikasi TIV ikkinchi uchrashuv Toshkentda o`tkazilishi haqida xabar bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar