Ma`lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo`ylab, bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 13 noyabridan boshlab “Elekron hisoblagich” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Qaraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumani iste`molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlanadi. Tumanda jami 5733 ta hisoblagich o`rnatilishi belgilangan, deya xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Matbuot xizmati.
Hozirda Qaraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar resrublikaning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to`liq o`rnatilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda mamlakatimizning 72 ta tuman va shaharlarida 1,9 milliondan ziyod zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatildi. Yil yakuniga qadar 2,5 milliondan ortiq elektr hisoblagichlar o`rnatilishi rejalashtirilgan bo`lsa, 2020 yil yakuniga borib 7 milliondan ortiq iste`molchilarning barchasi ushbu tizimga to`liq ulanishi ta`minlanad
Eslatib o`tamiz, hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul o`rnatilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” iste`molchilardan hisoblagichlar o`rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta`magirlik holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo`lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55, 11-54 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali murojaat yo`llashni sshragan.