AsosiyJamiyat

Chegara bojxona postida mehnat yarmarkasi o`tkazildi

'Chegara bojxona postida mehnat yarmarkasi  o`tkazildi'ning rasmi

Ma`lumki bugun barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida inson manfaatlari yotmoqda. 

Kundan-kun rivojlanish sari odim qadam tashlayotgan yurtimiz bojxona chegaralarida xar kuni minglab fuqarolar xarakatlanmoqdalar. Ularning qaysidirlari o`zining ota-onasi, qonu-qarindoshlarining oldiga borsalar, qaysidirlari o`zining boshqa yumushlari bilan. Ammo ular qatorida bojxona chegaralaridao`ziga tegishli bo`lmagan turli hil xalq iste`mol tovaridan tortib kiyim-kechak tovarlarini tashish bilan shug`ullanish maqsadidagi fuqarolarning xarakatlanayotgani kishi ko`nglini xavotirga solmay iloj yo`q. Sababi mazkur fuqarolar nafaqat o`zlariga tegishli bo`lmagan, balki bu qadoqlangan qutilar ichida nelar borligini bilmasliklari juda achinarli. 

Biz yuqorida qayd etayotgan fuqarolar ham birimizning tanishimiz, hech bo`lmaganda Vatandoshimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Ularni to`g`ri yo`lga boshlash, kerak bo`lsa bandligini ta`minlash va bu masalaning echimini izlash, topish har bir davlat xizmatchisining xalqi oldidagi burchlaridan biridir.

Ana shu burchga sadoqat ila, fuqarolarning bandligini ta`minlash, ularga viloyat shaxar va o`zlari yashab kelayotgan tumanlardagi muassasa tashkilotlardagi bo`sh ish o`rinlari, oylik maoshlari hamda ish vaqti xaqida to`la ma`lumot berish, pirovardida bojxona chegaralarida sarson bo`lib, ishsizlikdan mana joylarga kelib yurgan fuqarolarni ish bilan ta`minlash maqsadida Andijon viloyat xokimligi, bandlik va mexnat munosabatlari xududiy bo`limi bilan hamkorlikda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi Do`stlik chegara bojxona postida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati boshlig`i Farhod Karimov xabar berdi. 

    Har bir qilingan xayrli ishning natijasi yaxshilik bilan tugaganiday, Do`stlik chegara bojxona postida tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”ga ham ko`plab fuqarolar qiziqish bildirdilar. Shuningdek, qo`lida xunari bo`lgan bir oila a`zolari ya`ni ota va uning ikki nafar usta o`g`illari poytaxtimizda qad ko`tarayotgan “Tashkent City”da ishlash uchun yo`llanmani qo`llariga oldilar. Bular qatoriga o`zlari istiqomat qilayotgan hududlaridagi bo`sh ish o`rinlari bilan ta`minlangan bir necha fuqarolarni ham misol keltirishimiz mumkin.

Odamlar chet mamlakatlarda ishlab yurgan ko`plab fuqarolar haqida turlicha fikrlar bildiradilar. Aytish mumkinki, balki o`zga yurtlarda mehnat munosabatlariga e`tibor bizdan yahshiroqdir, biroq shuni aloxida ta`kidlash joizki, oddiy ishchi bo`lsada inson o`z Vatanida, Vatan ichra o`zining mo`jazgina xonadonida farzandlari quchog`ida, ko`ngil xotirjamlikda halol mehnat qilib, yaratganning etkazib turgan rizqiga shukronalik keltirib yashashiga nima etsin.

 

    Boshqa yangiliklar