1

Internetda shov-shuv bo`lgan “01 001 vip” davlat raqamining “egasi” aniqlandi

Jamiyat 13.11.2019, 12:25
Teglar: “01 001 vip” davlat raqami
Internetda shov-shuv bo`lgan “01 001 vip” davlat raqamining “egasi” aniqlandi

Ma`lumki, bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda “01 001 vip” davlat raqami haqida video keng tarqalgan edi va mazkur tasvir yuzasidan IIV YHXBB izoh bergandi.

Bugun Toshkent shahar IIBB tomonidan ana shu soxta raqamni yasagan shaxs qisqa vaqt ichida aniqlandi. Suhbat davomida “01 001 vip” davlat raqamini ma`lum pul evaziga yasab beradigan shaxs ushbu harakati qonunga zid ekanligini bilmasligini aytgan.  Bu haqda "Zamon" dasturida aytildi.

Aniqlanishicha, ushbu raqamlarga qiziqqan mijozlardan internet orqali buyurtmalar ham kela boshalagan. Ulardan biri “01 707” davlat raqami uchun buyurtma beradi va xizmat ko`rsatuvchi undan buning uchun 150 AQSh dollar talab qilgan. Ushbu pulni olayotgan paytda esa “raqam ustasi” qo`lga tushgan.

Ma`lum bo`lishicha mazkur fuqaro 1987 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Akmal Masharipov bo`lib chiqdi. Uning aytishicha, bu raqamlar Moskvadan olib kelingan va shundan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali qiziqish kuchayib ketgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1