AsosiyJamiyat

Farg`onada 800 AQSh dollarlik hamshiralikka ishga olish stavkasi fosh etildi

'Farg`onada 800 AQSh dollarlik hamshiralikka ishga olish stavkasi fosh etildi'ning rasmi

Farg`ona shahrida hamshiralikka ishga kiritishni va`da qilib noqonuniy pul talab qilayotgan xodim ushlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Farg`ona shahar ko`p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti Sh.R. fuqaro S.B.ni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 800 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar